Qonun ustuvorligi asosiy mezon bо‘lishi lozim

  • 27 Sep
  • 2023

Qonun ustuvorligi asosiy mezon bо‘lishi lozim

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi О‘zbekistonni barpo etish bо‘yicha xohish-irodasini rо‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga о‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bо‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida 2023-yil 11-sentabrda Prezidentimizning “О‘zbekiston – 2030” strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni qabul qilindi.

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy mezonlarimizdan biri hisoblanadi. “О‘zbekiston–2030” strategiyasida Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish uchun aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar о‘tish yо‘laklarini (tugmali) svetoforlar bilan tо‘liq jihozlash, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish kо‘rsatilmoqda.

Kо‘p hollarda guvoh yoki boshqa shaxslar sud yoki tergov organiga uzoq hududdan kelishga majbur bо‘ladi. Protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish esa ularning vaqt hamda boshqa resurslari tejalishiga xizmat qiladi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini о‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish maqsadida ma’muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga tо‘sqinlik qilayotgan omillarni tо‘liq bartaraf etish, sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish, sudga qadar hal etilishi mumkin bо‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish, ma’muriy tartib-taomillar prinsiplarini yо‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga tо‘liq tatbiq etish nazarda tutilgan.

Sudga qadar hal etilishi mumkin bо‘lgan nizolarni boshqa organlar yoki mediatorlar tomonidan hal qilinishini yо‘lga qо‘yish albatta sudlarga yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni kо‘rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kо‘rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish, sud tizimini boshqarishga sudyalarning о‘zini о‘zi boshqarish tamoyilini tо‘laqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini tо‘liq shakllantirish belgilangan.

Sud mustaqilligini ta’minlash, sudyalarning faqat qonun talablariga bо‘ysungan holda sudlovni amalga oshirishi davlat organlarining “bir-birini tiyib turish” tamoyiliga rioya etishiga asos bо‘ladi.

Strategiyada advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam kо‘rsatish tizimini rivojlantirish uchun advokatura institutini о‘z-о‘zini boshqarish tizimiga о‘tkazish hamda uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini ta’minlash, advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish, advokatlar sonini kamida 2000 nafarga kо‘paytirish, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bо‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari о‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkazish belgilangan.

Qonuniylikni ta’minlashda advokatlarning о‘rni juda katta. Agar advokatlar bilimli, salohiyatli, о‘z ishining ustasi bо‘lsa, bu о‘z navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sud xodimlarining qonuniylikni ta’minlashiga xizmat qiladi.

Bekorga korrupsiya jamiyat kushandasi deyilmagan bо‘lib, korrupsiya bor joyda jamiyatda rivojlanish о‘sish bо‘lmaydi. Strategiyada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish uchun “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga kо‘tarilishga erishish, davlat xaridlari tо‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish, davlat xaridlarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bо‘yicha jamoatchilik nazoratini tо‘laqonli joriy qilish, 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash vazifasi qо‘yilgan.

Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini ta’minlashda albatta, xalqimiz tomonidan jamoat nazoratining kuchaytirilishi о‘z samarasini beradi, albatta.

 

B.Gaffarov

Surxondaryo viloyati yuridik

texnikumi direktori