O'zbekiston mustaqil taraqqiyot yillarida yashirin ovoz berish yo'li bilan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi tamoyillariga qat'iy amal qilib, o'z saylov qonunchiligiga xalqaro standartlarni izchil joriy etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida amaldagi saylov qonunchiligi uni bir-biriga uyg'unlashtirishni ta'minlamayotganini aytib, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishni taklif qilgan edi. Shu munosabat bilan 2019-yilda saylovoldi tashviqotini tashkil etish va o'tkazishning 30 dan ortiq yangi demokratik normalarini o'zida mujassam etgan O'zbekiston Saylov kodeksi qabul qilindi.
Saylov kodeksi qabul qilinganidan so'ng "Yangi O'zbekiston — yangi saylovlar" shiori ostida bo'lib o'tgan parlament saylovi, shuningdek, ikki marta O'zbekiston Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi. Ular saylov qonunchiligining hayotiyligini ko'rsatdi, chunki Saylov kodeksining barcha normalari izchil va mantiqiy tuzilganligi, shuningdek, o'zaro bog'liqligi saylov kampaniyasini malakali tashkil etish imkonini berdi.
Joriy yil mamlakatimiz tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash tizimi, ya'ni majoritar-proporsional tizim asosida o'tkaziladi. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya'ni saylovchilar o'zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo'li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim bo'yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.
Akbar Juraev,
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi Yoshlar bilan ishlash boʻlimi uslubchisi
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi