• 07 Jan
  • 2023

DIQQAT TANLOV

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari o'rtasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” shiori ostida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

G'oliblar sovg'a, faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanadilar.

Videoroliklar mazmun, kreativ nazar, motivatsion yondashuv kriteriyalariga qarab baholanadi. Videoroliklar 13-yanvar kuni soat 10:00 ga qadar qabul qilinadi hamda videoroliklar davomiyligi 2 (ikki) daqiqadan oshmasligi lozim.

Murojaatlar hamda videoroliklar quyidagi havola @kholdoroff_1202 orqali qabul qilinadi.