Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida o‘quvchi-yoshlarning saylov madaniyatini oshirish hamda ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Yosh saylovchi” tanlovi o'tkazildi. Tanlovda texnikumning 2-bosqich o'quvchilaridan jami oltita jamoa ishtirok etdi.
✅Tanlovda o'quvchilar 3 ta shart bo'yicha bellashishdi. Birinchi shartda jamoalarga test topshiriqlari berildi. Ikkinchi shartda o'quvchilar kazuslarga javob berishdi. Uchinchi shartda jamoa sardorlari uchun blits so'rovi o'tkazildi.
✅ Umumiy natijalar bo'yicha o'rinlar quyidagicha taqsimlandi.
1-O'rin Davlat huquqiy faoliyati-6/20 guruhi;
2-O'rin Sud huquqiy faoliyati-9/20 guruhi;
3-O'rin Sud huquqiy faoliyati-3/20 guruhi.
G'oliblar texnikum ma'muriyati tomonidan taqdirlandi!!!
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi