Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan “ZAKOVAT” intellektual o‘yinida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining o'qituvchilaridan iborat "Adolat" jamoasi munosib ishtirok etishdi.
Bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida viloyat yuridik texnikumi, boshqarma va uning tizimi xodimlaridan shakllantirilgan jamoalar o‘rtasida xodimlarning ishchanlik kayfiyati va intellektual bilimlarini oshirish, shuningdek, ular o‘rtasida jamoda ishlash ko‘nikmalari va o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahakamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – “Legist” jamoasiga (viloyat Adliya boshqarmasi);
2-o‘rin – "Adolat" jamoasiga (viloyat yuridik texnikumi);
3-o‘rin – “Everest” jamoasiga (Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi) nasib etdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar boshqarma tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi