Seminar-trening o'tkazilmoqda!

  • 14 Jan
  • 2022

Seminar-trening o'tkazilmoqda!

Bizga ma'lumki bugungi kunda barcha mamlakatlarda gender tengligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu jumladan O'zbekiston Respublikasida ham ushbu masalaga alohida e'tibor berilmoqda.

Shu munosabat bilan USAID xalqaro tashkiloti tomonidan 2022 yil 14-15 yanvar kunlari Respublikadagi 14 ta texnikum o'qituvchilari uchun "Gender tengligining asoslari va ta'limda gender yondashuvni qo'llash" mavzusida trening o'tkazish rejalashtirilgan. 

Treningni o'tkazilishi  o'qituvchilarning gender tengligi masalalari bo'yicha huquqiy savodxonligini oshirish shuningdek, fanlarni o'qitishda gender yondashuvni joriy etish maqsad qilib olingan.

Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida ushbu mavzudagi trening o'tkazilmoqda. Treningni USAID xalqaro tashkilotining treneri G.Jabborova olib bormoqda.
Mazkur seminar-trening interaktiv usullar orqali o'tkazilmoqda.