Ulug’ Turkistonim ,oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim
Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida O'zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida tadbir bo’lib o'tdi.
Tadbirni texnikum direktorining o'quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari K.Boltayev kirish so’zi bilan ochdi.
K.Boltayev nutqi davomida bugungi kunda jahon hamjamiyatida ona tilimizning nufuzi-qadri ortib borayotganligini takidlab, inson go'zalligi, ma'naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu- til ekanligini, til-xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri sifatida hisoblanishini, shuning uchun xalqning ozodlikka, o'zligini anglab yetishga intilishida tilning xalqning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhim o'rin tutishini ta'kidlab o'tdi.
Tadbirda ona tilimizning go’zalligi, dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri ekanligini texnikumning iqtidorli o’quvchilari ijrosidagi she’r-u qo’shiqlar, hikmatlar-u sahna asarlari orqali ochib berildi.
Tadbir so’ngida ishtirokchilar texnikum ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi