Adliya vazirining 2021 yil 29 yanvardagi 38-um-son "O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan "Eng iqtidorli o’quvchi" tanlovi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug’i qabul qilingan.
Tanlov Respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlari o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur tanlovda yuridik texnikumning bitiruvchi kurs o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda bo'lib o'tadi. Bular texnikum hamda Respublika bosqichi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida"Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining texnikum bosqichi 2022 yil yanvar oyida o'tkazish rejalashtirilgan.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan o’quvchilar 2021 yil
29 dekabr sanasiga qadar quyidagi hujjatlarni texnikumning yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosariga taqdim etishlari lozim. Taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati:
ishtirokchining yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
ishtirokchining fanlarni o’zlashtirish natijalari aks etgan ma’lumotnoma (o'quv bo'limi tomonidan tayyorlanadi);
tanlov ishtirokchisining nashr etgan ishlari ro’yxati va ularning nusxalari;
turli tadbirlar, tanlovlarda ishtirok etganligi (g’olib bo’lganligi) uchun taqdirlanganlik to’g’risidagi faxriy yorliqlar va diplomlarning nusxalari;
grant va konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar.
Hujjatlar to’plamiga kiritilgan materiallar va ma’lumotlarda tanlov ishtirokchisining yuridik texnikumga o’qishga kirgandan keyingi faoliyatiga doir ma’lumotlar kiritiladi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi