⚡️ Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida Termiz shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirga tashrif buyurgan bitiruvchi sinf o'quvchilariga texnikum faoliyatiga oid ma'lumotlar bilan birga, texnikumning 2024-2025-o'quv yili uchun qabul kvotasi, yo'nalishlari, o'qish tartibi, texnikum o'quvchilariga beriladigan imtiyozlar, qulayliklar, yengilliklar va avfzalliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, o'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi